1 Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni

1 Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni

Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi va murabbiylarga bog’liq.Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta'lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy tex­nika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.O’qituvchilik azal-azaldan e'tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e'tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo’lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Har yil bir keladigan Bayram kunlari o’qituvchilar qutlug’ ayyom bilan muborakbod etiladi. 

Shu munosabat bilan tumanda joriy yilning 29 sentabr kuni "1 oktyabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda ustoz va murabbiylar hamda ta’lim sohasida uzoq yillar mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimi Q.Aldabergenov tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha ustoz-murabbiylarni va xodimlarni bayram bilan qutlab, esdalik sovg’alarini topshirdilar.




скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH