Joriy yilning 5 oktyabr kuni Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasida Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasida Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


            

              Joriy yilning 5 oktyabr kuni Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasida 2022 yilning 9 oyi davomida boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

            Hay’at yig‘iliishi tanqidiy ruxda o‘tkazilib, yig‘ilishda viloyat adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasidan vakillar qatnashdi. Ushbu Hay’at yig‘ilishiga Tomdi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ul xodimlari va tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ham ZOOM dasturi bilan videokonferensiya orqali ishtirok etdi.  

            Jumladan, kun tartibidagi masalalarga muvofiq yig‘ilishda – hududdagi 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarniBBATga kiritilishi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektron davomatning yuritilishi muhokama qilindi. 

            Yig‘ilish yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, rahbarlar va mas’ul xodimlarning faolligini oshirish, ma’suliyatni kuchaytirish zarurligiga alohida urg‘u berildi. 

Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi Hay’at yig‘ilishi qarori tuman bo‘limi tomonidan rahbarlik va ijro uchun qabul qilinib, kelgusidagi faoliyat davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH