Maktabgacha ta'lim bo‘limida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Maktabgacha ta'lim bo‘limida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

         Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘ligi masalasi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. 

        O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligining 2022-yil 12-sentyabrdagi 196-sonli buyrug‘i ijrosi hamda mas'ullar va hamshiralarning bilim, tajribasini oshirish maqsadida bugungi kunda joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. 

      Joriy iylning 20 oktabr kuni Tomdi tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limida ham “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida direktor va hamshiralar tomonidan tarbiyalanuvchilar va xodimlarga shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Mazkur seminarga tuman мaktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari qatnashdi. Shuningdek seminarga Tomdi tuman tibbiyot birlashmasi va tuman CEO JSX  markazidan mutaxassislar ishtirok etib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishda e'tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida ma'ruzalar qilishdi. Seminar ko‘rgazmali vositalar yordamida olib borildi. Hamshiralar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. 





скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH