1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Joriy yilning 21 oktabr kuni Tomdi tumani 4-sonli DMTT katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Qadring baland bo'lsin ona-tilim" shiori ostida bayram tadbiri tashkillashtirildi.



