Joriy iylning 28 oktabr kuni Tomdi tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2-yarim yillik ish rejasiga asosan, "Eng namunali maktabgacha ta'lim tashkiloti hamshirasi" ko'rik tanlovining tuman boshqishi otkazildi. Shuningdek "Eng namunali maktabgacha ta'lim tashkiloti hamshirasi" ko'rik tanloviga Tomdi tuman tibbiyot birlashmasidan mas‘ul xodim J.Eshniyazova va tuman CEO JSX markazi mutaxassisi N.Nuraliyeva ishtirok etdi.
Ko'rik tanlovining tuman maktabgacha ta’lim bo‘lim mudiri J.Mirzagalyev kirish so‘zi bilan ochib, bolalar salomatligini ta’minlash, sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish asosiy vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Ko’rik-tanlov shartlariga ko’ra hamshiralar o’zaro bellashib, shoshilinch holatlarda birinchi yordam berishda kasbiy mahoratini va hamshira ish hujjatlarini yuritishda bilimlarini sinashdi
Ko’rik-tanlov me’zoni bo`yicha qo`yilgan baholarga asosan faxrli 1-o’rinni tumandagi 4-DMTT hamshirasi Mirzahmetova Jansaya, 2-o’rinni 6-DMTT hamshirasi Ibrashova Gulnisa hamda 3-o’rinni 2-DMTT hamshirasi Turganbayeva Fariza egalladi. G‘oliblarga faxriy yo’rliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.






