Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari

Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari

         Joriy yilning 7-noyabr kuni Tomdi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limitasarrufidagi 3-sonli davlat maktbagacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyundagi PQ-259-sonli Qarorini va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022 yil 26-oktabrdagi 01-02/2-709-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

         







Mazkur tadbirda tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabining kurash bo‘ycha sport ustasiga kandidat, murabbiy S.Eshov va futbol bo‘yicha murabbiy Sh.Muratov ishtirok etdi.

         Mehmonlar jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga mahorat darslari o‘tib, milliy kurashimiz tarixi, usullarini va “O‘zbek jang san’ati” yo‘nalishlari haqida ma’lumot berishdi. Uchrashuv so‘nggida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida estafeta oyinlari kabi milliy xalq harakatli o‘yinlari namoyosh etildi. Bu o‘yinlar bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.


A.Kazixanov – tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi sport targ‘ibotchisi

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH