Tomdi tumani 4-sonli DMTT da buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ishchi xodimlar va katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9- fevral kuni "Buyuk siymolar mangulikka daxldor" nomli badiiy - adabiy kecha tashkil etildi. Adabiy kecha davomida tarbiyalanuvchilar Hazrat Navoiy va Bobur g‘azallaridan namunalar aytish bilan bir qatorda, ularning hayot yo'llari aks etgan sahna ko'rinishlari ham ijro etishdi. O'zbekning ikki buyuk dahosi ijodiga bag'ishlangan kechada tarbiyalanuchilar Navoiy va Boburning g‘azallariga bastalagan kuylarga raqslari ijro etishdi. Bu ikki buyuk daho suronli va zalvorli yillarda yashagan bo‘lishsada ulaning insoniyat ma‘naviyatini kamol toptirishda bilmas xazina sifatida e'tirof etiladigan buyuk asarlar yozib qoldirishgan. Bizning maqsadimiz ular ijodini o'rganish, tarbiyalanuvchilarni ular hayoti va ijod yo'li bilan tanishtirishdir. скачать dle 12.1